«Manchester Siti» klubining yangi yariimhimoyachisi Ayyub Buaddi Angliya top-klubi bilan shartnoma imzolagach, taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Seshanba, 26-avgust kuni, «shaharliklar» 18 yoshli marokashlik bilan shartnoma imzolanganini rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.
«Men uchun «Manchester Siti» — dunyoning eng yaxshi klubi. Bu yerda bo‘lish va o‘zimni «Manchester Siti» futbolchisi deb atay olish — bu orzu. Uzoq yillardan buyon jamoani kuzatib kelaman va uning o‘yin uslubi menga juda yoqadi. «Siti» har doim sifatli futbol namoyish qilishga harakat qiladi», — deya Buaddi so‘zlaridan iqtibos keltirdi klub matbuot xizmati.
Bundan tashqari, Buaddi «Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareskani eng yaxshi murabbiy deb atadi va «Etihad»da maydonga tushishni intiqlik bilan kutayotganini ta’kidladi.