"Atletiko" klubi "Yuventus" hujumchisi Jonatan Devidning transfer imkoniyatlarini o'rganmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Madrid klubi kanadalik 26 yoshli hujumchining transfer shartlari bo'yicha Turin jamoasiga so'rov yuborgan.
Hozircha tomonlar o'rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan. Biroq klub "zebralar" bilan bog'lanib, transfer shartlari haqida ma'lumot olgan.
Ma'lumot uchun, Devid 2025 yilning yozida "Lill"dan "Yuventus"ga o'tgandi. Bu vaqt davomida barcha turnirlar doirasida 44 ta bellashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 8 ta assistni qayd etgan.