"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi angliyalik futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda va transfer oynasi yopilishidan oldin uning borasida harakat qilishi mumkin.
Markus kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. U o'tgan mavsumni "Barselona"da ijaraga asosida o'tkazdi. Biroq Kataloniya klubi Reshfordni butunlay sotib olish imkoniyatidan foydalangani yo'q.
Qayd etilishicha, "ko'klar" uchun asosiy masalalardan biri futbolchining maoshi va transfer shartlari bo'lishi mumkin.