«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ushbu transfer oynasida markaziy himoyachi xarid qilishni klub rahbariyatidan so‘ramaganini aytdi.
Avvalroq matbuotda nemis mutaxassisi «Leypsig» himoyachisi Kastello Lukebani jamoasida ko‘rishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
«Menimcha, himoyadagi futbolchilarimiz bilan hammasi joyida. Erik Garsiya, Jyul Kunde, Jerar Martin, Andreas Kristensen va Jerar juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Shuningdek, bizda Kubarsi ham bor», — dedi Flik.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya chempionatidagi yangi mavsumni «Elche» ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan boshladi.