"Al Ittihod" vingeri Muss Diabi faoliyatini "Bayer"da davom ettirishga yaqin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Leverkusen klubi frantsiyalik futbolchi bilan 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Transfer qiymati 30 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Ayni paytda klublar o'rtasidagi bitimning so'nggi tafsilotlari yakunlanmoqda. Diabi yaqin vaqt ichida tibbiy ko'rikdan o'tishi va rasmiy shartnomani imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq futbolchiga "Inter" ham qiziqish bildirgandi. Biroq u faoliyatini "Bayer"da davom ettirmoqchi.