Live
2
O'zbek

Flik: «Yoki Alvares bilan shartnoma imzolaymiz, yoki boshqa hujumchi olmaymiz»

Futbol
26 avgust, 11:00
Kataloniyaliklar argentinalik forvardni qo‘lga kirita olmasa, boshqa nomzodlarga e'tibor qaratmaydi.
Flik: «Yoki Alvares bilan shartnoma imzolaymiz, yoki boshqa hujumchi olmaymiz»
Foto: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik klubning Xulian Alvares transferi borasidagi rejalariga oydinlik kiritdi.

Argentinalik hujumchi avvalroq Kataloniya klubiga o‘tish istagini bildirgan. «Atletiko» futbolchini 150 million yevro evaziga sotishga tayyor, biroq uni «Barselona»ga qo‘yib yuborish variantini istisno qilmoqda.

«Bu haqda gapirishni istamayman. Tushunishimcha, yoki Xulian bilan shartnoma imzolaymiz, yoki hech kimni olmaymiz. Klubdagi vaziyatdan xabardorman, biz bir nechta ajoyib transferlarni amalga oshirdik.

Klub kelajak haqida o‘ylashi kerak. Murabbiy sifatida men har doim ko‘proq narsani xohlayman. Men jamoamga to‘liq ishonaman va yechimlarni izlashimiz kerak. Bizda ajoyib jamoa bor. Deku o‘z ishini juda yaxshi bajarmoqda. Biz hozir va keyingi 3–5 yil uchun klubga nima yaxshiroq bo‘lishi haqida o‘ylayapmiz. Klubda barqarorlik bo‘lishini xohlaymiz», — dedi Flik «Atletik»ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya chempionatidagi yangi mavsumni «Elche» ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan boshladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar