Live
2
O'zbek

«Sanderlend» Grilish borasida «Siti»ga taklif yubordi

Futbol
26 avgust, 12:21
Jek o'tgan mavsumni «Everton»da ijara asosida o'tkazdi.
«Sanderlend» Grilish borasida «Siti»ga taklif yubordi
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachi Jek Grilish faoliyatini «Sanderlend»da davom ettirishi mumkin. Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «qora mushuklar» angliyalik 30 yoshli futbolchi borasida «shaharliklar»ga taklif yuborgan. Klub Grilishning maoshining bir qismini to'lashda davom etadi. Shuningdek, Grilishning «Manchester Siti» bilan shartnomasi tugashidan oldin uni doimiy ravishda sotib olish imkoni ham ko'zda tutilgan.

Grilish o'tgan mavsumni «Everton»da ijara asosida o'tkazdi. U APLda 20 ta o'yinda 2 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sanderlend Sanderlend
Bugungi yangiliklar