Live
3
O'zbek

«PSJ» Dembele bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
26 avgust, 13:24
29 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
«PSJ» Dembele bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Foto: Getty Images

«PSJ» Usman Dembele bilan yangi shartnoma imzolashni istamoqda. Bu haqda RMC Sport jurnalisti Fabris Xokins xabar berdi.

Parij klubi futbolchi bilan amaldagi kelishuvni yana bir yoki ikki yilga — 2029 yoki 2030-yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda.

Manbaga ko‘ra, klub kelishuv borasida xavotirga tushgani yo‘q. Har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishni istamoqda. Muzokaralar yozgi transfer oynasi yopilganidan keyin qayta davom ettirilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Dembele o‘tgan mavsum Liga 1'da 22 ta uchrashuvda 10 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Paris
Bugungi yangiliklar