Live
6
O'zbek

Temur Kapadze: "3 kundan keyin "Nasaf"ga qarshi o‘yinimiz bor, shu bois rotatsiya qilishimiz kerak edi"

Eksklyuziv
26 avgust, 13:57
"Navbahor" ustozining "Mash'al"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Temur Kapadze: "3 kundan keyin "Nasaf"ga qarshi o‘yinimiz bor, shu bois rotatsiya qilishimiz kerak edi"
Фото: Навбаҳор ПФК
26.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Mashal Mashal 0 : 2 Navbahor Namangan Navbahor Namangan

"Navbahor" bu turda ham kutilganidek g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Safarda autsayder – "Mash'al"ga qarshi maydonga tushishdi. Bahsda esa namanganliklar javobsiz ikkita gol urishdi va uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

O‘yindan so‘ng "Navbahor" bosh murabbiyi Temur Kapadze matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Birinchi navbatda "Navbahor" muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Kelgan ishqibozlarga ham rahmat aytaman. Uzoq yo‘l bosib kelishdi. Xudoga shukr, g‘alaba qozondik, tayyorgarlik ko‘rgandik. Albatta, "Mash'al"ni hozirgi kundagi vaziyati yaxshi emas. Lekin ular uyida o‘ynayapti va qiyin uchrashuv bo‘lishini bilgan holda tayyorgarlik ko‘rdik. Kerakli gollarni urib g‘alaba qozondik. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Chunki 3 kundan so‘ng "Nasaf"ga qarshi uchrashuvimiz turibdi. "Mash'al" ham yoshlar bilan harakat qildi, kurashlar bo‘ldi. Keyingi uchrashuvlarda "Mash'al"ga omad tilayman.

- Uchta o‘zgarishni amalga oshirdingiz va bu o‘zgarishlar jamoa o‘yiniga qanchalik ta'sir ko‘rsatishi kerak edi?

- O‘zgarishdan keyin darhol gol urdik. Hammasi joyida. Bilasizlar, 3 kundan keyin o‘yinimiz bor, yo‘limiz ham bor. Shu bois rotatsiya qilishimiz kerak edi. Zaxiralar ham kimgadir dam berish va kuchaytirish uchun qilindi. Lekin kim asosiy tarkibda yoki zaxirada bo‘lmasin har biri munosib va ishonaman. Jamoa g‘alaba qozonsa hammamiz birgalikda qo‘zonamiz.

- Kojo nega qaydnomaga kiritilmadi?

- Shamollab qolgandi. Uni ehtiyot qildik. Saidazamat qizil kartochka olgani uchun kelmadi.

- Jamoa ikkinchi davrada Robin Gud maqomidan ketdi, desam qanday qaraysiz?

- Bilmadim. Endi sizdan eshityapman. Har bir uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib g‘alaba qozonish uchun maydonga tushyapmiz. Maksimal darajada harakat qilyapmiz. O‘yinlar ketma-ket bo‘lyapti, oson emas. Lekin kurashyapmiz. Mavsum tugaganda shunda Robin Gudmi yoki boshqa narsa debmi aytarsizlar. Hozir esa maksimal darajada ishlayapmiz», - deya Kapadzening so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar