«Galatasaroy» «Milan» vingeri Rafael Leau transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Janluidji Longari xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klublar vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Istanbul klubi 27 yoshli futbolchi uchun oson bajariladigan bonuslarni hisobga olgan holda 44 million yevro taklif qilgan.
«Milan» futbolchini sotish variantiga moyil. «Galatasaroy» esa Leauga yiliga 12 million yevro maosh to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portugaliyalik futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Leauning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.