“Milan” transfer oynasi yopilguniga qadar “Manchester Siti” vingeri Jek Grilishni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Everton” Grilishga boʻlgan qiziqishini pasaytirgan. “Rossoneri” esa ingliz futbolchisi bilan tarkibni kuchaytirishga qarshi emas.
Shunga qaramay, milanliklarni “shaharliklar”ning moliyaviy talablari qoniqtirmayapti. Shu bois jamoa transfer summasidan 11,7 million yevro chegirma olishga harakat qilmoqda.
Shu bilan birga, Grilish “Manchester Siti”da qolib, yangi mavsumda asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishi ehtimoli ham istisno qilinmayapti.
Maʼlumot oʻrnida, 30 yoshli futbolchi oʻtgan mavsumni “Everton”da ijarada oʻtkazdi. Mersisaydliklar safida u 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi.
Avvalroq Grilish Manchesterdagi barda ichib, uxlab qolgani maʼlum qilingan edi.