Bugun
34
O'zbek

"Man Siti" Enso Fernandes boʻyicha rasmiy taklif tayyorlamoqda

Futbol
25 avgust, 04:00
"Chelsi" taklif qilinadigan pul miqdori ularni qoniqtirsa, futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
"Man Siti" Enso Fernandes boʻyicha rasmiy taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

"Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandes hamon "Manchester Siti"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri boʻlib qolmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, "shaharliklar" rahbariyati argentinalik futbolchini sotib olish boʻyicha rasmiy taklif tayyorlamoqda. Klub transfer oynasi yopilguniga qadar Fernandesni oʻz safiga qoʻshib olishga umid qilmoqda.

"Chelsi" esa taklif qilinadigan pul miqdori ularni qoniqtirsa, Enso bilan xayrlashishga tayyor. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, londonliklar futbolchini kamida 140 million yevro evaziga sotishni koʻzlamoqda.

Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan mavsum yarim himoyachi 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq Mareska Enso Fernandesni "Manchester Siti"da koʻrishni istayotgani maʼlum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar