"Milan" vingeri Rafael Leau yaqin kunlarda APLga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka di Marzio xabar berdi.
Ayni paytda birminghemliqlar "rossoneri" bilan transfer summasini kelishishga urinmoqda va bu borada faol harakat qilmoqda.
Qayd etilishicha, hozir Leau "Milan"dan ketishga har qachongidan ham yaqin. Futbolchining o‘zi ham bunday transferga qarshi emas.
Ma'lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum Rafael A Seriyada 29 ta uchrashuv o‘tkazib, 9 ta gol urdi va milanliklarning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Avvalroq "Milan" va "Fenerbahche" Leau transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani ma'lum qilingan edi.