Bugun
25
O'zbek

"Aston Villa" Jekson bilan kelishuvga yaqin – Romano

Futbol
24 avgust, 08:32
O‘tgan mavsumda Jekson "Bavariya" safida ijara asosida to‘p tepdi.
"Aston Villa" Jekson bilan kelishuvga yaqin – Romano
Фото: Getty Images

"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson tez orada "Aston Villa" bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, birmingemliklar senegallik forvard bo‘yicha kelishuvga yaqin. Futbolchi avvalroq "Atletiko" bilan muzokara o‘tkazayotgani xabar qilingan edi.

Shunga qaramay, "Aston Villa" Nikolasga jiddiy qiziqmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Unai Emerining o‘zi fovardni o‘z jamoasi tarkibida ko‘rishni istamoqda. Murabbiy va forvard avvalroq "Vilyarreal"da birga ishlagan.

O‘tgan mavsumda Jekson "Bavariya" safida ijara asosida to‘p tepdi. U myunxenliklar libosida barcha musobaqalarni inobatga olganda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi. Yozda hujumchi Senegal milliy jamoasi tarkibida JCH-2026da 4 bahsda maydonga tushib, 1 golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar