Bugun
25
O'zbek

"Galatasaroy" Reshford bilan muzokaraga kirishdi

Futbol
24 avgust, 07:00
Hozircha tomonlar o'rtasida kelishuv amalga oshmadi.
"Galatasaroy" Reshford bilan muzokaraga kirishdi
Фото: Getty Images

"Galatasaroy" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, klub angliyalik futbolchining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. "Galatasaroy" Markus bo'yicha tezroq kelishuvga erishishni istamoqda. Chunki Turkiyada transfer oynasi yopilishiga oz vaqt qolgan.

Eslatib o'tamiz, Reshford o'tgan mavsumni Kataloniyaning "Barselona" klubi safida ijaraga asosida o'tkazgan edi. Biroq ispan klubi futbolchining transferini to'liq sotib olishdan voz kechdi va u "qizil iblislar" lageriga qaytdi.

Bugungi yangiliklar