Bugun
25
O'zbek

"Real" "Lill"ning Pitarch bo'yicha taklifini rad etdi

Futbol
24 avgust, 05:06
Unga "Fulhem" ham qiziqish bildirmoqda.
"Real" "Lill"ning Pitarch bo'yicha taklifini rad etdi
Фото: Getty Images

"Real" yarimhimoyachi Tiago Pitarch bo'yicha "Lill"dan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Fransiya klubi 19 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgandi. Klub "Manchester Siti"ga yo'l olayotgan Ayub Buaddiga o'rinbosar sifatida Pitarch borasida Madrid klubiga taklif yubordi.

Biroq "Real" yosh futbolchisini jamoadan qo'yib yuborish niyatida emas. Pitarch yaqinda madridliklar bilan yangi shartnoma imzolagan va klub uni kelajak uchun muhim futbolchilardan biri sifatida baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Tiago o'tgan mavsumda madridliklarning asosiy tarkibida o'ynagandi. Unga "Fulhem" ham qiziqish bildirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Lille Lille
Bugungi yangiliklar