Braziliya chempionati doirasida Neymar to‘p tepadigan «Santos» «Mirassol» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvda 34 yoshli futbolchi assist amalga oshirdi. Shu bilan birga, Neymarning golsiz seriyasi ketma-ket 6 ta o‘yinga yetdi. U so‘nggi golini 26 iyul kuni «Shapekoense»ga qarshi bahsda (2:2) urgandi.
Ma'lumot o‘rnida, Braziliya chempionatining ushbu mavsumida «Barselona» va «PSJ» sobiq hujumchisi 6 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi. Uning «Santos» bilan shartnomasi 2026 yil dekabr oyi oxiriga qadar amal qiladi.
Avvalroq Neymar futboldagi vaqt cho‘zishga qarshi yangi qoida ilk qurboni bo‘lgani ma’lum qilingandi.