"Barselona" vingeri Entoni Gordon jamoa safidagi ilk o‘yinidan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Orzu qilganimdek debyut. Men juda xursandman. Biz chiroyli o‘ynadik, bir nechta ajoyib gollar urdik, himoyachilar ham o‘zlarini juda yaxshi ko‘rsatishdi.
O‘zimni xuddi uyimdagidek his qilyapman: ajoyib shahar, xushmuomala odamlar va jamoam ham meni iliq kutib oldi.
Menimcha, "Barselona"da qancha ko‘p qolsam, shuncha ko‘p rivojlana olaman", — deya 25 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi BarcaTimes.
Ma'lumot o‘rnida, angliyalik futbolchi "Elche"ga qarshi uchrashuvda 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va ikki marta assist amalga oshirishga ulg‘urdi. Bahs esa "ko‘k-anorranglilar"ning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.