«Barselona» yarimhimoyachisi Gavi La Liganing 2-turidan o‘rin olgan «Elche»ga (5:0) qarshi o‘yinda jarohat oldi.
44-daqiqada ispaniyalik futbolchi o‘ng oyog‘ida noqulaylik his qilib, maysaga o‘tirib qoldi.
Maydonga tibbiy xodimlar yugurib chiqishdi. Tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, kataloniyaliklarning 22 yoshli a’zosi o‘yinni davom ettira olmadi. 45-daqiqada uning o‘rniga jamoadoshi Pedri maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, Gavi o‘tgan mavsumda tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan keyin 46 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan.
Gavi jarohat oldi
Futbol
23 avgust, 18:58
«Barselona» yarimhimoyachisi «Elche» bilan bahsning 45-daqiqasida almashtirildi.
Foto: Getty Images
23.08.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Elche
0
:
5
Barselona