Bugun
25
O'zbek

Flik: "Ikkinchi bo'limda to'pga ko'proq egalik qilishimiz kerak edi"

Futbol
23 avgust, 22:30
"Barsa" bosh murabbiyi jamoasining 5:0 hisobidagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.
Flik: "Ikkinchi bo'limda to'pga ko'proq egalik qilishimiz kerak edi"
Foto: Getty Images
23.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Elche Elche 0 : 5 Barselona Barselona

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning La Liga 1-turida "Elche" ustidan qo'lga kiritilgan 5:0 hisobidagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.

"Men o'yinni ko'proq nazorat qilishimizni xohlagandim, ammo "Elche" ham bu borada yaxshi harakat qildi. Ikkinchi bo'limda to'pga ko'proq egalik qilishimiz kerak edi.

Biz beshta gol urdik va o'z darvozamizdan gol o'tkazmadik. Jamoamizning futbol o'ynash uslubi menga yoqadi.

Mashg'ulotlarda ko'p yaxshi jihatlarni ko'ryapman, men aynan shuni xohlayman. Lekin rivojlanishda davom etishimiz kerak.

Biz hujumda ham, himoyada ham bir butun jamoa sifatida harakat qilishimiz lozim", — dedi Flik matbuot anjumanida.

Ma'lumot o'rnida, 27 avgustdan 28 avgustga o'tar kechasi "ko'k-anorranglilar" o'z maydonida Bilbaoning "Atletik" klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Elche Elche
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar