Bugun
25
O'zbek

Cheferin FIFA-2027 saylovida qatnashmaydi - manba

Futbol
24 avgust, 05:37
FIFA prezidenti saylovi 2027 yilning mart oyiga rejalashtirilgan.
Cheferin FIFA-2027 saylovida qatnashmaydi - manba
Фото: Getty Images

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin FIFA’ning 2027 yilgi saylovlarida ishtirok etmasligini ma'lum qildi. Bu haqida The Guardian nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, u FIFA prezidentligiga qiziqish bildirmayapti. Cheferin bor e'tiborini UEFAdagi faoliyatiga qaratadi.

Ma'lumot uchun, FIFA prezidenti saylovi 2027 yilning mart oyiga rejalashtirilgan. Saylovlarga Marokash mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Aleksander 2016 yilning sentabr oyidan buyon UEFAnI boshqarib kelmoqda va bu lavozimga ikki marta qayta saylangan. UEFA rahbarligidan tashqari, Cheferin FIFA vitse-prezidenti lavozimini ham egallab turibdi.

Bugungi yangiliklar