«Atletiko» endi hujumchi Xulian Alvaresni sotish variantini istisno qilmayapti. Bu haqida The Athletic xabar berdi.
Qayd etilishicha, «Atletiko» 150 million yevrodan boshlanadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Biroq Alvaresni «Barselona» yoki iyun oyida futbolchiga qiziqish bildirganini ma'lum qilgan «Real»ga sotish varianti istisno qilingan.
«Arsenal» hujumchini anchadan beri o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda, ammo Madrid klubi rahbariyati «to'pchilar» talab qilinayotgan summani taklif qilishiga ishonmayapti.
Bundan tashqari, Alvaresning roziligisiz «Arsenal» bilan kelishuv amalga oshmaydi. Xulian esa hamon «Barselona»ga o'tishni xohlamoqda.
Avvalroq «Atletiko» Alvares bo'yicha «Arsenal» bilan muzokara o'tkazishga rozi ekani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi