Bugun
25
O'zbek

Movsar Yevloyev Volkanovskiga mag'lub bo'lsa, faoliyatini yakunlashga tayyor

MMA
24 avgust, 02:35
Ushbu jang 24 oktabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi.
Movsar Yevloyev Volkanovskiga mag'lub bo'lsa, faoliyatini yakunlashga tayyor
Foto: Getty Images

UFC yarim engil vazn toifasidagi rossiyalik jangchi Movsar Yevloyev divizion chempioni Aleksandr Volkanovskiga qarshi jangda yomon natija ko'rsatsa, faoliyatini yakunlashi haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.

«Xuddi shunday bo'ladi. Bu haqdagi gaplar to'g'ri. Agar yutqazsam, faoliyatimni yakunlashga tayyorman», — deb javob berdi Yevloyev.

Ma'lumot o'rnida, Volkanovski va Yevloyev 24 oktabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida chempionlik kamari uchun jang qiladi. Evloev uchun bu faoliyatidagi birinchi chempionlik jangi bo'ladi.

Bugungi yangiliklar