"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak Xulian Alvares atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, barchamiz birlashishimiz kerak. Xulian biz bilan va u biz bilan ekan, biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Bu hamma uchun yoqimsiz vaziyat. Lekin umid qilamanki, bu masala hal bo‘ladi va butun mavsum davomida barchamiz bir butun bo‘lib qolamiz", — dedi Oblak.
Argentinalik hujumchi La Liga 2-turida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinning (2:2) ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushdi.
Muxlislar Alvares to‘pga har safar tekkanda uni hushtakbozlik bilan qarshi olishdi. Shuningdek, unga nisbatan "butunlay ketsin!" deya hayqirishdi.
Uchrashuv boshlanishidan oldin ham Xulianning nomi boshqa futbolchilar bilan birga e’lon qilinganda, muxlislar uni qattiq hushtakbozlik bilan qarshi oldi. Yakuniy hushtakdan so‘ng Alvares jamoa bilan birga tribuna tomon bormadi va darhol kiyinish xonasiga yo‘l oldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi