Live
4
O'zbek

Iraola: "Liverpul mag'lubiyatga loyiq emasdi. Zaxiradan tushgan o'yinchilar energiya qo'shdi"

Futbol
23 avgust, 18:21
Mersisaydliklar ustozasi APL 1-turidagi durangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Iraola: "Liverpul mag'lubiyatga loyiq emasdi. Zaxiradan tushgan o'yinchilar energiya qo'shdi"
Foto: Getty Images
23.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Nyukasl Nyukasl 2 : 2 Liverpul Liverpul

“Liverpul” bosh murabbiyi Andoni Iraola APL 1-turidan oʻrin olgan “Nyukasl” (2:2) bilan oʻyindan keyin oʻz fikrlarini bildirdi.

"Menimcha, biz mag'lubiyatga loyiq emasdik va futbolchilarning sa'y-harakatlarini qadrlayman. Statistikasini ko'rmadim, ammo ishonch bilan aytishim mumkinki, bizda vaziyatlar va boshqa ko'rsatkichlar ko'proq bo'lgan.

Birinchi bo'limda jarima maydonigacha yetib bordik, faqat hujumlarni yakunlay olmadik. Ko'p marta jarima maydoni chetigacha to'p bilan yetib bordik va zarba berish kerak bo'lgan vaziyatlarda ortiqcha murakkablashtik. Bunday paytda shunchaki zarba berish, hatto birinchi tegishdayoq tepish kerak edi.

Menimcha, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar bizga energiya qo'shdi. Ular yaxshiroq yoki yomonroq o'ynashganini bilmayman, ammo jamoaga energiya berishdi. Biz qo'llamoqchi bo'lgan o'yin uslubida 90 daqiqa davomida har kim ham bardosh bera olmasligi sezilib turibdi. Shuning uchun zaxiradan maydonga tushadigan futbolchilarning energiyasi bizga kerak. Menimcha, bugun bu o'z samarasini berdi",
— deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
  • Liverpul Liverpul
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar