Bugun
25
O'zbek

"Man Siti" yarimhimoyachisi yaqinda "Nyukasl"ga o'tishi mumkin

Futbol
23 avgust, 23:00
"Shaharliklar" bilan kelishuvga erishish deyarli yakunlangan.
"Man Siti" yarimhimoyachisi yaqinda "Nyukasl"ga o'tishi mumkin
Foto: Getty Images

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Niko Gonsales yaqinda "Nyukasl"ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

"Shaharliklar" bilan kelishuvga erishish deyarli yakunlangan, 24 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralar ham jadal davom etmoqda. Bitim yaqin kunlarda amalga oshishi mumkin.

Ma'lumot o'rnida, 2025 yil boshida "Manchester Siti" Nikoni "Portu"dan 60 million yevroga sotib olgandi. Transfermarkt ekspertlari bahosiga ko'ra, yarimhimoyachining hozirgi qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Qayd etish lozim, kecha, 23 avgust kuni Enzo Mareska boshchiligidagi jamoa APL 1-turida "Bornmut" ustidan 2:1 hisobida irodali g'alaba qozondi. Niko esa uchrashuvni to'liq zaxira o'rindig'ida o'tkazdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar