"So'g'diyona" jamoasining 4 ta o'yinlik g'alabali seriyasi yakuniga yetdi.
Superliganing 19-turida jizzaxliklar safarda amaldagi chempion – "Neftchi"ga qarshi maydonga tushishdi.
O'yin to'liq mezbonlarning ustunligida o'tdi va shunga yarasha 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. "So'g'diyona" esa har qancha harakat qilmasin raqib darvozasiga yo'l topa olmadi. Qolaversa, ular ikkinchi bo'limda bir futbolchi kam bo'lib qolishdi.
O'yindan so'ng "So'g'diyona" ustozi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Avvalo, "Neftchi"ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv haqida esa ko'p gapirishni istamagan bo'lardim.
Faqat shuni aytmoqchimanki, ikkinchi gol borasida ko'pchilikning fikri qiziq...
Raqib futbolchisi o'sha pallada tanasi bilan darvozabonimizning ko'rish imkonini cheklab qo'ydi. Dastlab gol inobatga olinmadi, keyin esa hisobga olindi. Hayron qolarli holat!
To'g'risi, bahsni yaxshi o'tkazishni va oxirigacha kurashishni istagandik, lekin, afsus, mag'lubiyatga uchradik», - deya Baqoyevning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Ulug'bek Baqoyev: "O'yin haqida ko'p gapirishni istamagan bo'lardim"
Eksklyuziv
23 avgust, 14:48
"So'g'diyona" ustozi "Neftchi"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Фото: Сўғдиёна ПФК
23.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Neftchi Fargona
3
:
0
So'g'diyona