Live
3
O'zbek

Gvardiol «Manchester Siti»ning APLdagi g‘alabali starti haqida fikr bildirdi

Futbol
23 avgust, 12:06
Xorvatiyalik futbolchi uch ochkoni qo‘lga kiritganidan xursand ekanini aytdi.
Gvardiol «Manchester Siti»ning APLdagi g‘alabali starti haqida fikr bildirdi
Foto: Getty Images
23.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 2 : 1 Bornmut Bornmut

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol Angliya Premyer-ligasining 1-turida «Bornmut» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

Uchrashuvda «shaharliklar» dastlab hisobda ortda qolgan bo‘lsa-da, yakunda irodali g‘alabaga erishdi. Gvardiol esa jamoasiga uch ochko taqdim etgan g‘alaba goliga mualliflik qildi.

«Hozir hamma o‘zidan faxrlanmoqda. Bu mavsumdagi ilk o‘yinimiz edi va g‘alabaning qanchalik muhimligini bilardik. Ayniqsa, so‘nggi haftalarda yuz bergan barcha o‘zgarishlarni hisobga olsak. Biz g‘alabaga loyiq edik. Uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan xursandman», — dedi Gvardiol bahsdan so‘ng.

Ma’lumot uchun, Gvardiol «Manchester Siti»ga 2023 yil yozida «Leyptsig»dan ko‘chib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» navbatdagi uchrashuvini 28 avgust kuni safarda «Kristal Pelas»ga qarshi o‘tkazadi.

Bugungi yangiliklar