«Manchester Siti»ning «Bornmut»ga qarshi Angliya Premyer-ligasining 1-turidagi bahsi Erling Holand uchun klub safidagi 200-bahs bo‘ldi. Bu haqda Manchester klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Norvegiyalik hujumchi bahsni asosiy tarkibda boshladi. Holand uchrashuvga uzun sochlarisiz, yangi imijda chiqdi.
Ma’lumot uchun, Holand 2022 yil yozida Dortmundning «Borussiya» klubidan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan. U ingliz klubi safidagi dastlabki 200 ta uchrashuvda 162 ta gol va 30 ta golli uzatma qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» — «Bornmut» bahsi 2:1 hisobida Mareska jamoasi foydasiga hal bo'ldi.