Bugun
70
O'zbek

Mareska: «Biz yangi Rodrini topishimiz kerak»

Futbol
23 avgust, 02:12
«Manchester Siti» ustozi ispaniyalik yarimhimoyachiga o‘rinbosar topish masalasiga to‘xtaldi.
Mareska: «Biz yangi Rodrini topishimiz kerak»
Foto: Gettyimages

«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Enso Mareska «Barselona»ga o‘tgan yarimhimoyachi Rodriga o‘rinbosar topish haqida gapirdi.

«Shaharliklar» yurtiga qaytishga qaror qilgan 30 yoshli ispaniyalikni, shartnomasi bo‘lsa-da, qo‘yib yuborishga qaror qildi. Futbolchi 18-avgust kuni «ko‘k-anorranglilar» safiga qo‘shilgani haqida e’lon qilindi.

«Yangi Rodrini topishga urinib ko‘ramiz. «Manchester Siti» uni o‘z safiga qo‘shib olganida Rodri «Oltin to‘p» sohibi va Chempionlar Ligasi g‘olibi emas edi – bu muvaffaqiyatlarga futbolchi Manchesterda erishdi. Endi maqsadimiz – yangi Rodrini topish.

Jamoadan David Silva ketganida hamma xavotirga tushgandi, lekin de Bryuyne paydo bo‘lgan. Keyinroq hammani Agueroning ketishi tashvishga solgan – uning o‘rniga Holand keldi. Rodri misol uchun Fernandinioning o‘rnini egallagan. Muhim o‘yinchi ketganida, agar to‘g‘ri harakat qilinsa, har doim munosib o‘rinbosar topish mumkin. Bu normal holat», – deya Mareska so‘zlaridan iqtibos keltiradi City Xtra.

Ma’lumot uchun, APL yangi mavsumdagi ilk o‘yinini «Manchester Siti» bugun «Bornmut»ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar