«Liverpul» klubi himoyachisi va sardori Virjil van Deyk jamoasining Angliya premer-ligasi yangi mavsumidagi imkoniyatlari haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Qizillar» o‘tgan mavsum omadsizlikka uchrab, bor-yo‘g‘i 5-pog‘onani band etgan edi. Chempionlikni tantana qilgan «Arsenal» ushbu mavsumni «Koventri» ustidan yirik hisobdagi (3:0) g‘alaba bilan boshladi.
«Liverpul» futbolchisi sifatida, sardor sifatida men Premer-liga bosh sovrini uchun kurashishni istayman, lekin vaziyatga real baho berish zarur. Biz o‘tgan mavsum «Arsenal» qanchalik yuqori darajada o‘yin ko‘rsatganiga guvoh bo‘lgandi. Ularning tarkibidagi futbolchilar darajasi va zaxira o‘rindig‘ining uzunligi kishini ajablantiradi.
Biz chempionlik uchun kurasha olishimizni sezib turibman, lekin o‘tgan mavsumdagidan birmuncha yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishimiz zarur», – deya van Deyk so‘zlaridan iqtibos keltiradi Anfield Sector.
Ma’lumot uchun, Andoni Iraola jamoasi APL 2026/27-yilgi mavsumini safarda «Nyukasl»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Mazkur bahs bugun, 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi