Bugun
70
O'zbek

«Komo» Moyze Kin uchun 40 mln yevro taklif qilmoqchi

Futbol
23 avgust, 03:29
«Fiorentina» bilan muzokaralar davom etmoqda.
«Komo» Moyze Kin uchun 40 mln yevro taklif qilmoqchi
Foto: Gettyimages

«Komo» hujumchi Moyze Kin transferi yuzasidan «Fiorentina» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.

Avvalroq florensiyaliklar 26 yoshli futbolchi bo‘yicha taklifni rad etgandi, ammo «oq-ko‘klar» taslim bo‘lmayapti va hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Manbaning xabar berishicha, yaqin soatlar ichida «Komo» forvard uchun taxminan 40 mln yevro taklif qiladi. Jamoa bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Fiorentina» hujum chizig‘i yetakchisiga ustuvor maqsad sifatida qaramoqda.

Transfermarkt portali Moyze Kinning aktual transfer narxini 32 mln yevroga baholamoqda. Italiyalik futbolchi «Fiorentina» safida 78 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 7 bor sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda «Komo» tarixda ilk bor UYEFA Chempionlar Ligasi musobaqasida ishtirok etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Fiorentina Fiorentina
Bugungi yangiliklar