Madridning «Real» klubi yangi a’zosi Karlos Espining goli jamoaga La Liga 1-tur doirasidagi «Espanyol»ga qarshi o‘yinda g‘alaba keltirdi (2:1).
21 yoshli forvard 80-daqiqada Jud Bellinghemning o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi, 90-daqiqada esa hal qiluvchi gol muallifiga aylandi. Bu ispaniyalik futbolchi uchun «qaymoqranglilar» safidagi ilk rasmiy bahs edi.
«To‘p men tomonga qaytayotganini ko‘rib, o‘zimga-o‘zim bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqara olmayman, dedim. Gol ura olganimdan juda ham xursandman. Keyin qayrilib qarasam, butun jamoa golni nishonlayapti, – bu holatni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Men dunyodagi eng baxtli insonman», – deya hujumchi so‘zlaridan iqtibos keltirdi Madrid Universal.
Eslatib o‘tamiz, «Real» Karlos Espini «Levante»dan iyul oyi oxirida 25 mln yevro evaziga xarid qilgan edi.