Milanning «Inter» klubi hujumchi Lautaro Martinesni hatto € 100 mln evaziga sotishni rad etmoqda va «Barselona» bilan muzokaralarni boshlamoqchi emas, deb xabar beradi Marca.
Kataloniyaliklar argentinalik forvardni «Atletiko» vakili Xulian Alvaresga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda, ammo manbaga ko‘ra, tomonlar hali muzokaralarga kirishmagan. Italiya klubi bu masalani ko‘rib chiqishni ham istamayapti.
Ma’lumot uchun, Martinesning Milan klubi bilan shartnomasi 2029-yil iyunigacha amal qiladi. O‘tgan yil may oyida o‘yinchining o‘zi omma oldida transfer imkoniyatini istisno qilgan edi, «Inter» prezidenti Juzeppe Marotta esa «Barselona» bilan har qanday muzokaralarni keskin rad etgan. Ammo, ommaviy axborot vositalariga xabariga ko‘ra, «neradzurri» Martinesni taxminan 120 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.