Live
2
O'zbek

"Tottenhem" so'nggi ikki yil ichida APL doirasida 40-bor mag'lub bo'ldi

Futbol
22 avgust, 18:26
Bu ko'rsatkich bo'yicha "Tottenhem" barcha jamoalar orasida ikkinchi o'rinda.
"Tottenhem" so'nggi ikki yil ichida APL doirasida 40-bor mag'lub bo'ldi
Фото: Getty Images

"Tottenhem" Angliya Premer-ligasida yangi mavsumni omadsiz boshladi. Londonliklar birinchi turda safarda "Brentford"ga (0:3) yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

Squawka ma'lumotiga ko'ra, ushbu mag'lubiyat "taqachilar" uchun so'nggi ikki yil ichida, ya'ni 2024/25 mavsumi boshidan buyon APLdagi 40-mag'lubiyat bo'ldi.

Bu ko'rsatkich bo'yicha "Tottenhem" barcha jamoalar orasida ikkinchi o'rinda. Undan yomoni faqat "Vulverhempton"ga tegishli. "Bo'rilar" shu davr mobaynida 44 marta mag'lub bo'lgan.

Qizig'i, "Vulverhempton" hozirda Chempionshipda ishtirok etmoqda. Shuning uchun Roberto de Zerbi shogirdlari yaqin kelajakda ushbu yoqimsiz reytingda yakka peshqadamga aylanishlari mumkin.

Ma'lumot uchun, "Tottenhem" navbatdagi uchrashuvini 26 avgust kuni Liga kubogi doirasida "Charlton"ga qarshi o'tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar