"Tottenhem" bosh murabbiyi Roberto De Zerbi APL 1-turidan o'rin olgan "Brentford"ga (0:3) qarshi bahsdan o'z fikrlarini bildirdi.
"Jismoniy tayyorgarligimiz yetarli darajada emasdi. Pressing qilish uchun to'g'ri paytni juda ko'p marta noto'g'ri tanladik. Raqib yakkakurashlarda bizdan kuchlilik qildi, ko'p holatlarda yutqazdik. Jamoamizda ko'plab yangi futbolchilar bor. Jamoaga aylanishimiz uchun xarakter va o'z o'yin uslubimiz zarur. Bugun xarakter bor edi, ammo yakkakurashlarda noto'g'ri harakat qildik. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, kayfiyatimizni tushirmaymiz. Shaxsan men futbolchilarimga ishonaman va ularga bo'lgan ishonchimni yo'qotmayman. Ishlashimiz, o'yinni tahlil qilishimiz va yaxshilanish yo'llarini topishimiz kerak. Biz ustida ishlayotgan barcha narsani barbod qila olmaymiz", — deya De Zerbininig so'zlaridan keltiradi BBC nashri.