Maykl Kerrik boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining 1-turida «Xall»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
«Qizil iblislar» uchrashuv davomida raqibidan ko‘proq zarba yo‘lladi — 21:8. Darvoza tomon aniq zarbalar bo‘yicha ham «MYu» ustunlik qildi — 5:4. Kutilgan gollar ko‘rsatkichi ham «Manchester Yunayted» foydasiga bo‘ldi — 1,81 ga 1,26. Biroq jamoa bu ustunliklarini gollarga aylantira olmadi.
APLga 2016/17 yilgi mavsumdan so‘ng ilk bor qaytgan «Hall» safida Semi Ajayi va Nobel Mendi gol urdi.
Bu «Manchester Yunayted»ning Premyer-liga doirasida «Hall»ga qarshi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Bungacha jamoalar o‘rtasidagi 10 ta bahsda «MYu» 8 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etgandi.
Shuningdek, «Manchester Yunayted» APL tarixida ilk bor mavsumning ochilish bahsida yuqori divizionga yangi ko‘tarilgan jamoaga mag‘lub bo‘ldi.