"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya Premer-ligasi 1-turida "Hall Siti"ga (0:2) qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Hali ko'p jihatdan o'sishimiz kerak. Hammayoq ideal bo'lishi mumkin emasdi. Agarda hisobda ortda qolayotgan bo'lsangiz, o'yin yanada qiyinlashadi. APLga chiqqan jamoaga qarshi mehmonda o'ynash qanchalik mashaqqatli ekanligini yaxshi tushunamiz. Raqibga juda ko'p imkoniyat bermaslik kerak. Ammo ularda gol urish uchun vaziyatlar bo'ldi. Biz mag'lubiyatdan xafamiz. Lekin bundan aslo tushkunlikka tushib qolmasligimiz kerak", — deya Kerrikning so'zlaridan keltiradi BBC nashri.
Ma'lumot uchun, "MYu" APLning 2-turini o'z maydonida "Ipsvich"ga qarshi 30 avgust kuni o'tkazadi.