Live
24
O'zbek

APL. «MYU» safarda «Hall Siti»ga sensatsion tarzda imkoniyatni boy berdi

Futbol
22 avgust, 09:30
Yangi mavsumning ilk turida «qizil iblislar» Chempionshipdan ko‘tarilgan klubga 0:2 hisobida yutqazdi.
APL. «MYU» safarda «Hall Siti»ga sensatsion tarzda imkoniyatni boy berdi
Foto: Getty Images
22.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Hall Siti Hall Siti 2 : 0 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

Angliya Premyer-ligasining 2026/27-yilgi mavsumi 1-turida «Manchester Yunayted» safarda APL yangi ishtirokchisi «Hall Siti»ga qarshi bahs olib borib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Mezbonlar 17-daqiqada Seme Ajayining goli evaziga hisobni ochdi. 38-daqiqada Nobel Mendi «Hall Siti»ning ustunligini oshirdi. Qolgan daqiqalarda boshqa gol urilmadi.

«Hall Siti» o‘tgan mavsum Chempionshipda 73 ochko bilan 6-o‘rinni egallab, pley-off orqali APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. «Manchester Yunayted» esa Angliya chempionatini 71 ochko bilan 3-o‘rinda yakunlagan.

APL. 1-tur
Hall Siti - Manchester Yunayted 2:0
Gollar:
Ajayi 17 (1:0), Mendi 38 (2:0).

Hall Siti: Tsokalis, Ajayi, Igan, Mendi, Koyl, Jaylz, Bellumi, Kruks, Sleyter, Straud, Makberni.
Manchester Yunayted: Lammens, Mazraui, Maguayr, Heven, Shou, Tilemans, Santos, Dorgu, Fernandes, Kunya, Mbeumo.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Hall Siti Hall Siti
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

45+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar