"Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh APL 1-turida "Hall Siti"ga (0:2) qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"O'tgan mavsumdagi xatolarni yana takrorlayapmiz. Mehmondagi har bir o'yinda raqibga to'p bilan juda ko'p harakat qilish imkonini beryapmiz. Biz faolroq pressing qilishimiz va agressivroq harakat qilishimiz kerak edi. Bundan tashqari, standart vaziyatlar ustida ishlashimiz va bunday gollarni o'tkazib yubormasligimiz shart.
Mavsumoldi uchrashuvlarida ular doimo to'rt himoyachi bilan o'ynagandi, ammo bizga qarshi standart vaziyatlarda bo'y jihatidan ustunlikka ega bo'lish uchun besh nafar himoyachidan foydalanishdi. Eng yomoni — biz o'yinni boy berdik. Bunday jamoalar aynan shunday imkoniyatlarni kutadi", — deya Fernandeshning so'zlaridan keltiradi Sky Sports.