«Barselona» va «Tottenhem» «Monako» hamda AQSh milliy jamoasi hujumchisi Folarin Balogunga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda L’Equipe xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi joriy yozda «Monako»ni katta miqdordagi transfer evaziga tark etishi mumkin. «Barselona» yaqinda Balogun nomzodiga qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Balogun o‘tgan mavsumda «Monako» safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, futbolchining «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt Balogunning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. 2026 yilgi jahon chempionatida esa hujumchi 4 ta bahsda 3 ta gol urgan.