"Barselona" himoyachisi Alejandro Balde "Milan"ga taklif qilindi. Bu haqda jurnalis Fabrizio Romano xabar berdi.
Uning agenti Jorge Mendesh mijozini boshqa klubga o‘tkazishga urinmoqda. Portugaliyalik agent 22 yoshli futbolchining xizmatlarini "Milan"ga taklif qildi, ammo "rossoneri" muzokara olib borishni istamadi. Italiya klubi bu yozda yana bir yirik transferni amalga oshirishni rejalashtirmayapti.
Ma'lumot o‘rnida, Transfermarkt portalida Alejandroning narxi 50 million yevro sifatida baholangan. Avvalroq Balde "Barselona"ni tark etishni rejalashtirmayotgani ma'lum qilingan edi.