«Barselona» chap qanot himoyachisi Alexandro Balde jamoani tark etishni rejalashtirmayapti.
Jurnalist Xerard Romero xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchining transfer variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. Klub ushbu pozitsiyaga yangi futbolchi olib kelishni mo‘ljallamoqda.
Shunga qaramay, «Barselona» rahbariyati o‘z tarbiyalanuvchisini majburan jamoadan ketkazmoqchi emas. Manbada aytilishicha, Balde doimiy o‘yin amaliyotisiz qolish ehtimolini tushunib turibdi, biroq baribir klubini almashtirishni istamayapti.
22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa safida 42 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Balde «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali futbolchining narxini 55 million yevroga baholamoqda.