Bugun
115
O'zbek

Arteta: "Ajoyib o'yin bo'ldi, yigitlar maqtovga loyiq"

Futbol
21 avgust, 23:00
"Arsenal" bosh murabbiyi jamoasining "Koventri" ustidan qozoilgan g'alabasi haqida fikr bildirdi.
Arteta: "Ajoyib o'yin bo'ldi, yigitlar maqtovga loyiq"
Foto: Getty Images
21.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Arsenal Arsenal 3 : 0 Koventri Siti Koventri Siti

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining APL 1-turida "Koventri" ustidan qozoilgan 3:0 hisobidagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.

"Ajoyib o'yin bo'ldi, yigitlar maqtovga loyiq. Biz ustunlik qildik, jamoaviy harakat qildik va to'pni juda yaxshi nazorat qildik.

Bizga kuchli jamoa, raqibga qanday zarar etkazishni yaxshi biladigan va aniq rejaga ega murabbiy qarshi turdi. Lekin so'nggi daqiqalarga qadar ularga hech narsa yaratish imkonini bermadik", — dedi Arteta.

Ma'lumot o'rnida, "to'pchilar" Angliya Superkubogi doirasida "Manchester Siti"ni ham xuddi shu hisobda mag'lub etgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar