UFC sobiq chempioni Iliya Topuriyaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Xesus Gallo jangchining oktagonga qaytish muddatini ma'lum qildi.
Galloning so'zlariga ko'ra, Topuriya dekabr oyida jangga tayyor bo'lishi mumkin. Lekin eng ehtimoliy ssenariy sifatida uning 2027 yil bahorda oktagonga qaytishi aytilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Iliya so'nggi jangini 15 iyun kuni «Oq uy»da o'tkazilgan UFC turnirida Jastin Geyjiga qarshi o'tkazgan. Beshinchi raund oldidan Iliya jamoasi jangchining olgan jarohatlari sabab bahsni davom ettirmaslikka qaror qilgan va Topuriyaga texnik mag'lubiyat yozilgandi.