Saudiya Arabistonining «Ash Shabob» klubi yarimhimoyachisi Tomas Parti transferini rasmiy e'lon qildi.
Qayd etilishicha, 33 yoshli ganalik futbolchi yangi jamoasi safiga erkin agent maqomida qo'shildi.
Partining «Vilyarreal» bilan shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum yakunida o'z nihoyasiga yetgandi. Ispaniya klubi futbolchi bilan yangi bitim tuzmaslikka qaror qilgan. O'tgan mavsumda Parti barcha turnirlar doirasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Tomas faoliyatining asosiy qismini Ispaniya va Angliyada o'tkazgan. U «Atletiko»da o'ynaganidan so'ng 2020 yilda «Arsenal»ga o'tgan va London klubi safida besh mavsum davomida to'p tepgan.