"Manchester Siti" klubi "Palmeyras" vingeri Allan Elias transferi ustida ishlamoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 22 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Endi "Manchester Siti" transferni amalga oshirish uchun "Palmeyras" bilan kelishishi kerak. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan, biroq hozircha transfer summasi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilmagan.
Allan "Siti"da Savinoning o‘rnini egallashi mumkin. Futbolchi bu mavsumda klubi safida barcha turnirlar doirasida 41 ta bellashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgʻan va 5 ta assistni qayd etgan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.