«Manchester Yunayted» klubi «Brayton» yarimhimoyachisi Karlos Baleba transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klublar kamerunlik 22 yoshli futbolchining transferi borasida og‘zaki kelishuvga kelgan.
Avvalroq «Brayton» klubi Baleba bo‘yicha «qizil iblislar»ning 65 million funt sterling miqdoridagi taklifini rad etgandi. Biroq hozirga kelib tomonlar 70 mln funtlik kelishuvga erishgan. Shundan 65 mln funt sterlingi kafolatlangan to‘lov va 5 mln funti esa bonus ko‘rinishida bo‘ladi.
O‘tgan mavsumda Baleba barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Karlos 2023 yildan buyon «chaykalar» safida o‘ynab kelmoqda.