Bugun
31
O'zbek

Temur Kapadze: "O‘yindan-o‘yinga kuchayib boryapmiz"

Eksklyuziv
21 avgust, 17:18
"Navbahor" ustozining "Nasaf"ga qarshi bahsdan so‘ng bildirgan fikrlari.
Temur Kapadze: "O‘yindan-o‘yinga kuchayib boryapmiz"
Фото: Getty Images
21.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Navbahor Namangan Navbahor Namangan 1 : 0 Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi

"Navbahor" klubi ushbu turda Namanganda Qarshining "Nasaf"ini qabul qildi. Qiyin o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida "Navbahor" bir futbolchi kam bo‘lib qoldi. Shunda ham mezbonlar g‘alabani saqlab qolishning uddasidan chiqishdi.

Namanganliklar bosh murabbiyi Temur Kapadze matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi:

- Butun "Navbahor" muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Qiyin o‘yin o‘tkazdik, lekin yoqimli g‘alaba bo‘ldi. "Nasaf" yaxshi jamoa. Ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. 10 kishi qolganimiz qiyinchilik tug‘dirdi. Shunga qaramay, futbolchilar iroda ko‘rsatdi. Muxlislarimizga rahmat. Butun uchrashuv davomida biz bilan bo‘lishdi va dalda berishdi. Ularni xursand qilish uchun harakat qilamiz. Viloyatimiz hokimini tug‘ilgan kuniga yaxshi sovg‘a bo‘ldi, deb o‘ylayman. Kojoni ham bugun tug‘ilgan kuni edi. Bugun yutmasak bo‘lmasdi. Xudoga shukr, mehnatimiz orqali yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. O‘ylaymanki, haqli g‘alabaga erishdik.

- Keyingi o‘yinda safarga "Mash'al"ga borib kelamiz. Keyin yana "Nasaf" bilan uyda o‘ynashimiz kerak. Bir raqib bilan ketma-ket o‘yin o‘tkazish oson bo‘lmaydi. Nasib bo‘lsa, yana tayyorgarlik ko‘ramiz. Asosiysi, oldimizdagi o‘yin. Keyin Kubokka tayyorlanamiz. Vaqt ziq. Bo‘lajak o‘yinlarda kerakli natijalarni qo‘lga kiritamiz. Oldindan bir narsa deyish qiyin. Oson raqib yo‘q. Hamma maydonga yutish uchun chiqyapti. Barcha e'tiborimizni "Mash'al" bilan uchrashuvga qaratamiz.

- Jamoa 11 futbolchidan iborat emas. Bir-biriga munosib, yaxshi jamoa shakllangan. Albatta, jarohatlanganlar bor. Bugun qizil kartochka ham bo‘ldi. Nafaqat bizda, balki barcha jamoada o‘ziga yarasha kamchiliklar bor. Har biri biz uchun muhim. Ikkala uchrashuvda ham g‘alaba qozonishimiz kerak.

- G‘iyosov katta yo‘qotish. Har bir futbolchimiz kerakli. U ham "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvda faol o‘ynadi. Himoyachi unga ataylab sakradi. Tiklanishi uchun vaqt kerak. Biz ham kutyapmiz. Toshkentda davolanyapti. Qancha tezroq qaytsa xursand bo‘lamiz.

- Bunaka uchrashuvlarda bosim ham kuchli bo‘ladi. Hakamlarga ham oson emas. Hamma o‘z tarafidan qaraydi. Hakmlar jahon chempionatini ko‘rgan eng yaxshi hakmlar. Bahsli vaziyatlar haqida bir narsa deyishim qiyin. Men ko‘rmadim. Takroriy lavhalar orqali ko‘rganlar balki to‘g‘ri yo noto‘g‘ri deb aytishi mumkin. Umuman olganda, bu hakamlarga kimdir kamdan-kam e'tiroz bildiradi. Ular yaxshi darajadagi hakmlar.

- Kojoga ritmga kirishish uchun ozgina vaqt kerak. Aslida yana boshqa hujumchilarimiz ham bor. Ikkita hujumchi bilan o‘ynasak ham bo‘ladi, buni o‘ylab ko‘rishimiz mumkin. U holda o‘rtada kamchilik bo‘lib qolishlari mumkin. Lekin men muammo ko‘rmayapman. O‘yindan-o‘yinga kuchayib boryapmiz. Bugungi, o‘tgan turdagi o‘yinlar jamoani yanada kuchli qiladi. Jamoa ichidagi muhit yanada kuchayadi. Men ham murabbiy sifatida osonroq yutishni, 3:0, 4:0 hisobida g‘alaba qilishni istayman. Ammo hech bir jamoa osonlikcha taslim bo‘lmayapti, hamma kurashyapti. Asosiysi, o‘z ochkolarimizni olishimiz kerak. Ayniqsa, birinchi davrada ko‘p ochko yo‘qotdik. Mana, endi uyda, ajoyib muhitda o‘ynayapmiz. Birinchi davrada bizga shu narsa yetishmadi. Hisoblasak ko‘p ochko yo‘qotdik. Agar muxlislarimiz qarshisida uyda o‘ynaganimizda ochkolarni qo‘lga kiritish ehtimolimiz ko‘proq edi. Bunday muhitda futbolchilar iroda ko‘rsatib yanada maksimal kurashishadi. Baribir maydonga yanada ideal darajaga kelishi uchun ozgina vaqt kerak. Men ham kombinatsiya qilib o‘ynashni xohlayapman. Ammo ko‘ryapsizlar, to‘p sakrayapti. Ko‘p kurashlar bo‘lyapti. Yoz tugab, sentabrga yaqin maydon yanada yaxshi bo‘ladi. Nafaqat bizda, boshqa maydonlar ham. Ko‘p maydonlar yozda yomon holatga kelgan. Nega bunday bo‘ldi, hayronman. Bu haqida PFL ham, klublar ham bosh qotirishi kerak. Bu o‘sishga ta'sir qilishi mumkin. O‘yinlarimizni chetda ham ko‘rishadi", - deya Kapadzening so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar