Superliganing 18-tur yakunida "Paxtakor" o'z maydonida "Surxon"ni qabul qildi. G'alaba juda zarur bo'lgan bahsda mezbonlar qimmatli ochkolarni boy berdi va bahsda hisob ochilmadi. O'yin ohirida mezbonlar gol urishdi, ammo hakamlar ofsayd deb topishdi va gol inobatga olinmadi. Bu esa bahsli vaziyatga sabab bo'ldi.
O'yindan keyin "Paxtakor" ustoz Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
- Yaxshi o'yin bo'ldi. Oxirigacha kurashdik, gol urdik. Lekin qayerdan ofsayd topishganini bilmayman. Yana uch ochkodan mahrum bo'ldik. Ofsayd chizig'ini darvozani ortidan chizishyapti. Umuman hech qanaqa ofsayd yo'q edi. Hamma ko'rgandir. Yigitlarga oxirigacha kurashishganiga rahmat aytaman.
- O'yindan keyin takroriy vaziyatni ko'rdingizmi? Balki uchrashuv chog'ida hissiyotlarga berilib ketgan bo'lishingiz mumkin.
- Ko'rdik, o'zimizni kamerada ko'rdik. U yerda umuman ofsayd yo'q. Aytyapman-ku, ular ofsayd chizig'ini darvozani ortidan chizib berishyapti. Darvozani ortidan chizishganda ham u yerda ofsayd yo'q edi.
- Balki goldir, balki gol emasdir. Lekin "Paxtakor" 90 daqiqa davomida 2-3 ta gol urib qo'yganda bu holatga sabab ham qolmasdi. Asosiy muammo boshqa joyda emasmi?
- Vaziyatlar yaratdik, yana golga aylantira olmadik. Hamma jamoa bizga kelib 200 foiz kurashadi. Shu bois biz ham qiynalamiz. Imkoniyatlar bo'lyapti, yana gol ura olmadik.
- Raqibni hurmat qilgan holda "Surxon"dek jamoaga qarshi ikkita markaziy hujumchi bilan o'ynasa bo'lmasmidi? Hali markaziy hujumchilar birga o'ynagani ko'rmadik, o'tgan yili ham ko'rmagandik.
- Ikkita hujumchi tushirmasak ham hujumkor o'yinchimiz bor. U ham ikkinchi hujumchi hisoblanadi.
- 8 kundan keyin "Neftchi" bilan Kubok o'yini bo'ladi. Undan avval "Dinamo"ga qarshi o'yin bor. Bo'lajak ikkita uchrashuvda ko'proq kuch talab qilinadi. O'zbek "El-Klassiko"siga qarshi bahs oldidan "Dinamo" bilan uchrashuvda rotatsiya qilasizmi?
- Yo'q, biz hozir faqat "Dinamo"ni o'ylayapmiz. "Neftchi" bilan uchrashuvga keyin "nastroj" qilamiz. "Dinamo" ham yaxshi jamoa. Biz hozir faqat shuni o'ylayapmiz.
- OCHL qur'asida Saudiya klublariga qarshi to'qnash kelasizlar. Yulduzli jamoalarga qarshi tushganinglar sizni ko'proq xursand qildimi yoki o'ylantirishga majbur qildimi?
- Yo'q, nimaga? Yulduzlar keladi, biz ularga qarshi o'ynaymiz. Aksincha, yaxshi bo'ldi. Kuchli raqiblarga qarshi o'ynaganimiz qiziqarliroq bo'ladi. Muxlislarimiz ham ko'p yulduzlarni ko'radi. Qur'adan mamnunmiz.
- Yangi futbolchilarni ishtirokini qanday baholaysiz? Ayman ham kutilganidek o'yin namoyish qila olmayapti.
- Murtazo ozgina jarohat oldi. Xudo xohlasa, keyingi uchrashuvga tayyor bo'ladi. Ayman endi jarohatidan chiqdi. Bugun u tonusda emasdi. Yaxshi futbolchilar va o'z o'yinlari bilan bizga yordam berishadi", - deya bosh murabbiyning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Kamoliddin Tojiyev: "Umuman hech qanday ofsayd yo'q edi"
Eksklyuziv
21 avgust, 14:36
"Paxtakor" bosh murabbiyi "Surxon"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Фото: Пахтакор ПФК
21.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Paxtakor Toshkent
0
:
0
Surxon
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi